Bahting - Sardor Rakhimxon
Ne uchun qarog'ing g'amli qayg'uli
Ne uchun quvonching butunmas jonim
Tiriklik sharbati goho og'uli
Seni asragayman bordur imkonim
Seni asragayman bordur imkonim
Ko'z yosh to'kmagin ey go'zal qushcha
Sen misoli bir gulg'uncha
Sochlaring silaydi asta shamol
Sog'intirmay jonim kelaqol
Ko'zlaring tubida sir bor qandaydir
Aytmaysan jilmayib qo'yasan goho
Dunyoda sirdosh ham bilsang kerakdir
Dardinga men sherik bo'layin tanho
Dardinga men sherik bo'layin tanho
Toki ko'zlaringda quvonch porlasin
Toki senga qarab qilsinlar havas
Doimo chorlasin shodligu sevinch
Baxting butun bo'lsin har dam har nafas
Baxting butun bo'lsin
Ko'z yosh to'kmagin ey go'zal qushcha
Sen misoli bir gulg'uncha
Sochlaring silaydi asta shamol
Sog'intirmay jonim kelaqol
Ko'z yosh to'kmagin ey go'zal qushcha
Sen misoli bir gulg'uncha
Sochlaring silaydi asta shamol
Sog'intirmay jonim kelaqol